Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyevni haqoratlab, tuhmat qilib kelgan jizzaxlik fuqaroga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

A A A
Shavkat Mirziyoyevni haqoratlab, tuhmat qilib kelgan jizzaxlik fuqaroga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

1969 yilda Baxmal tumanida tug‘ilgan fuqaro V.K internetning “YouTube” va  “Facebook” tarmoqlarida “V.K” (nomi qisqartirilgan) profillar ochib, ushbu profillari orqali turli mavzularda internet tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishlar qilib, o‘z chiqishlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka noto‘g‘ri talqin qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini internet tarmoqlari orqali haqoratlab, davlat rahbarini obro‘siga putr yetkazish va kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelayotganligi holati aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan DXX Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 158-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:48 19.04.2021. O'qildi: 13517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!