Ijtimoiy tarmoqlar orqali Mingbuloq tumanidagi 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori R. Hakimov tomonidan Mingbuloq tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri H. Maqsudovaning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yo‘llangan video murojaat Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan batafsil va atroflicha o‘rganib chiqildi.
"7news.uz"ning yozishicha, R. Hakimov yozgan o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari tufayli tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri H. Maqsudovaning tushuntirish xati olinib, intizomiy jazo choralari qo‘llanishi yuzasidan Xalq ta’limi vazirligiga bildirish xati yuborildi.
Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati bu haqda xabar berdi.