Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev yana bir bor xalqqa murojaat qiladi

Shavkat Mirziyoyev yana bir bor xalqqa murojaat qiladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan navbatdagi videoselektorda mamlakat xalqiga murojaat qilishi kutilmoqda. Bu haqda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi vaqtida Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev aytib o‘tdi.

«Koronavirusdan zararlanishning ilk holati tasdiqlangan 15 martdan beri prezident shu masalada bir necha marta yig‘ilish o‘tkazdi. Bir videoselektorda o‘zim ham qatnashdim.

Aytishim kerakki, ishga munosabat, odamlarni tinglashni ko‘rib qoyil qolish mumkin. Masalan, Sog‘liqni saqlash vaziri gapiryaptimi, uni 15 daqiqa uzmasdan tinglash hamisha ham kuzatilmasdi. Bilamiz, boshqa rahbarlar mutaxassisning gapini bo‘lib tashlardi.

Odam xursand bo‘ladiki, bugungi kunda professional, o‘z ishini sevadigan odam qadrlanmoqda. 

Ertaga ham muhtaram prezidentimiz tomonidan videoselektor o‘tkazilishi kutilmoqda. Selektor masofadan, barcha viloyatlar vakillari ishtirokida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Videoselektorda prezidentimiz xalqimizga va tadbirkorlarga murojaat bilan chiqishi kutilmoqda», dedi Sherzodxon Qudratxo‘jayev.

Kiritildi: 16:32 29.03.2020. O'qildi: 4692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!