Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan birga O‘zbekiston pavilyonini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan birga O‘zbekiston pavilyonini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga amaliy tashrifi dasturi doirasida 22 aprel kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston delegasiyalari rahbarlari bilan birgalikda Ostona shahridagi “EXPO” xalqaro ko‘rgazmalar markazida tashkil etilgan Mintaqaviy ekologik sammit ko‘rgazmasidagi milliy pavilyonlarni borib ko‘rdi.

MES-2026 diqqat markazida ekologik siyosatga kompleks yondashuvni aks ettiruvchi sakkizta ustuvor yo‘nalish turibdi: iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, oziq-ovqat xavfsizligi va ekotizimlar barqarorligini ta’minlash, tabiiy xavf-xatarlarga moslashish va iqtisodiy barqarorlikni oshirish, havo ifloslanishini kamaytirish va chiqindilarni samarali boshqarish, ekologik maqsadlarga erishish mexanizmlarini rivojlantirish, tabiiy resurslarni barqaror boshqarish, adolatli va inklyuziv “yashil” o‘tish, ekologik hamda raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish. Sammit kun tartibi barqaror rivojlanishning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini ham qamrab olgan.

Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan birga O‘zbekiston pavilyonini ko‘zdan kechirdi

Tadbirda ishtirok etayotgan mamlakatlarning milliy pavilyonlarida ularning ushbu yo‘nalishlardagi yutuqlari va kelgusi rejalari namoyish etilmoqda.

Interfaollik va multimedia elementlariga ega ko‘rgazma-taqdimot maydoni shaklida barpo etilgan O‘zbekiston pavilyoni mamlakatimizning ekologiya, iqlim o‘zgarishi va Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi sohalaridagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Shuningdek, ekspozisiya O‘zbekistonning ekologiya sohasida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasini namoyon etadi.

Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan birga O‘zbekiston pavilyonini ko‘zdan kechirdi

Oliy martabali mehmonlarga ekologik taraqqiyotning zamonaviy modelini shakllantirishga qaratilgan asosiy tashabbuslarni o‘z ichiga olgan ekspozisiya taqdim etildi. “Chiqindisiz hudud”, “Toza havo”, “Yashil makon”, “Ekomadaniyat”, “Biomeros” va “Ekologik ta’lim” kabi umummilliy loyihalar shular jumlasidan.

Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan birga O‘zbekiston pavilyonini ko‘zdan kechirdi

Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, eng avvalo, BMT tuzilmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!