Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban shohsupaga ko‘tarildi

A A A
Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban shohsupaga ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban 29 mart kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

30 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Vengriya davlat madhiyalari yangradi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegasiyasi a’zolari, diplomatik korpus vakillari ham hozir bo‘ldi.

Ayni paytda tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

Kiritildi: 11:58 30.03.2021. O'qildi: 2533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!