Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga qayta saylandi. Arqadag‘ tabrik yo‘lladi

A A A
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga qayta saylandi. Arqadag‘ tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi) 13 625 055 ovoz bilan (87,05 foiz) O‘zbekiston prezidentligiga qayta saylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Turkmaniston yetakchisi davlatimiz rahbarini muddatidan ilgari o‘tkazilgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabriklab, qardosh O‘zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda amaliy hamkorlik kengayib bormoqda. Parlamentlar o‘rtasidagi aloqalar va gumanitar almashinuvlar faollashdi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Kiritildi: 11:17 10.07.2023. O'qildi: 2354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!