Uch yilda tijorat ob’ektlari poytaxtda 5,7 million kvadratga ko‘paygan bo‘lsa, Toshkent viloyatida 1,6 millionga oshdi.
Viloyatda har yili 1 million kvadrat tijorat joyi tashkil qilish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yil yakunigacha 115 ta ko‘p qavatli uy, 39 kilometr suv va 29 kilometr gaz tarmog‘i qurilishini yakunlash vazifasi qo‘yildi.
Zangiota tumanidagi Ibrat va Ulug‘bek mahallalariga xizmat qilgan 2 ta oqova suv inshooti eskirgani, Bog‘zor va Nurobod mahallalaridagi ko‘p qavatli uylarda isitish va oqova tizimi muammoli ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga bu 4 ta mahallada suv, oqova va isitish tizimini yaxshilash loyihalarini tayyorlash topshirildi.