Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga borib, qardoshlarimizga yana bir bor hamdardlik bildirdi.
Parvardigordan marhumlarni o‘z rahmatiga olishini, ularning oilasi va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik berishini so‘radi. Jarohat olgan insonlar tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tiladi.
O‘zbek va turk xalqlari yaxshiyu yomon kunlarda hamisha birga bo‘lgan, bir-birini qo‘llab-quvvatlagan. Bu do‘stlik, qardoshlik va o‘zaro yelkadoshlik hozirgiday og‘ir kunlarda yanada bilinadi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston barcha zarur yordamga tayyorligini bildirdi. Elchixonada ochilgan hamdardlik kitobiga tasalli so‘zlarni yozib qoldirdi.