Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ko‘z qorachig‘idek asrashda siz, aziz yoshlarimizga tayanamiz"

Shavkat Mirziyoyev: "Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ko‘z qorachig‘idek asrashda siz, aziz yoshlarimizga tayanamiz"

“Yosh avlodni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularga axborot makonida foydali, mazmunli ma’lumotlarni yetkazish va targ‘ib qilish doim e’tiborimiz markazida bo‘lishi zarur”, - dedi Prezident.

Shu maqsadda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil etilgani, markaz milliy madaniyat, san’at, adabiyot, tarix va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga mo‘ljallangan tarbiyaviy kontentlar yaratish uchun mas’ul bo‘lishi qayd etildi.

Joriy yildan boshlab mahallalarda o‘tkazilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarida 244 ming yigit-qizlar ishtirok etdi, 1 milliondan ziyod yoshlar esa ularni katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Bu bellashuvlar vatanparvarlik, jasorat va jipslikni targ‘ib etadigan muhim harakatga aylandi.

“Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ko‘z qorachig‘idek asrashda siz, aziz yoshlarimizga tayanamiz.

Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkonini beradigan buyuk ne’mat”, - dedi Prezidentimiz.

Kiritildi: 14:56 30.06.2025. O'qildi: 413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!