Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev kiyib suratga tushgan krossovkalarni sotish boshlandi (foto)

Shavkat Mirziyoyev kiyib suratga tushgan krossovkalarni sotish boshlandi (foto)

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uy muhitida osh pishirayotgan suratini ijtimoiy tarmoqda joylashtirdi. Suratda prezident uy kiyimi va krossovkada aks etgan.

Endilikda prezident kiygan krossovka mamlakatdagi eng orzu qilingan poyabzalga aylandi. Qolaversa, Facebook᾽da xuddi shunaqa poyabzal qayerda sotilishi haqida e’lonlarni berish boshlandi.

Ushbu modelni xarid qilish uchun 550 dollar sarflashga to‘g‘ri keladi.

Onlayn sotuvchilardan biri faqat buyurtma asosida sotishini va bu yuz foiz asl nusxasi ekanini yozgan.

Aytgancha, suratda Shavkat Mirziyoyev Italiyaning Z Zegna brendi krossovkasini kiyib tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning osh pishirayotgan surati bir zumda o‘zbek ijtioiy tarmoqlaridagi barcha rekordlarni yangilab, bir zumda o‘n minglab layk to‘plashga ulgurdi.

 

Kiritildi: 19:13 05.06.2019. O'qildi: 9209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!