Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Instagram’dagi mashhurlik bo‘yicha nechanchi o‘rinni egalladi? (foto)

Shavkat Mirziyoyev Instagram’dagi mashhurlik bo‘yicha nechanchi o‘rinni egalladi? (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Instagram sahifasiga a’zo bo‘lganlar soni bo‘yicha sobiq ittifoq hududidagi siyosatchilar ichida yetakchilardan biri ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «daryo.uz» xabar berdi.

BCW (Burson Cohn & Wolfe) xalqaro piar-agentligi «Dunyo yetakchilari Instagram’da» nomli tadqiqotini e’lon qildi va unda 426 ta rasmiy davlat akkauntlarini taqqoslab ko‘rdi. O‘zbekistondan bu tadqiqotda Prezident va bosh vazir Abdulla Aripov akkauntlari qatnashdi.

Shavkat Mirziyoyev akkaunti sobiq ittifoq hududida 2-o‘rinda ekani oydinlashdi — uning obunachilari soni izlanish o‘tkazilgan vaqtda 831,7 mingni tashkil qilgan, hozir esa 1 milliondan oshib ketgan.

Bu segmentda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev akkaunti peshqadamlik qilmoqda. Uning obunachilari soni 2,91 milliondan ortiq. Birinchi beshlikka Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev (236,7 ming obunachi), Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko (123,6 ming obunachi) va Qozog‘iston bosh vaziri Baqitjon Sagintayev (77,9 ming obunachi) akkauntlari ham kirgan.

Kiritildi: 10:10 12.12.2018. O'qildi: 3419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!