Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubbni O‘zbekistonga taklif qildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalidagi “Menimcha” dasturida xabar berildi.
12 noyabr kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tgan COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston yetakchisi Finlyandiya prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Uchrashuvda Aleksandr Stubb 2018 yili O‘zbekistonga kelganini esladi.
Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda O‘zbekiston butunlay boshqa davlatga aylanganini aytdi.