Ispaniya terma jamoasi kecha jahon chempionati nimchorak finalida mezbon jamoa — Rossiya bilan o‘ynadi. Ispanlar kutilmaganda Rossiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi va musobaqani sharmandlari tarzda tark etdi.
“Qizil furiya”ning turnirni nimchorak finaldayoq Rossiyadek o‘zidan darajasi ancha past bo‘lgan jamoaga yutqazganini ayrim futbolchilar hazm qila olishmayapti. Ular Ispaniya termasini tark etishmoqchi.
Ispan nashrlariga ko‘ra, Andres Inyesta, Pepe Reyna, Jerar Pike va Nacho Monreallar termadan ketmoqchi ekanliklarini ma’lum qilganlar. Shuningdek, 27 yoshli David De Xea ham Ispaniya termasini tark etish haqida jiddiy o‘ylamoqda. U mag‘lubiyatda o‘zini asosiy aybdor sifatida his qilyapti va bu sharmandalikni ko‘tara olmasligini ta’kidlagan hamda muxlislardan uzr so‘ragan.