Xonanda kasalxonada, u oshqozonidagi muammo tufayli “tez yordam” chaqirishga majbur bo‘lgan, deb xabar beradi NBC News.
Shakira sog‘lig‘i haqida hech qanday ma’lumot bermadi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, uning “ahvoli unchalik yaxshi emas”.
“Bugun sahnaga chiqa olmaganimdan juda afsusdaman. Men Perudagi muxlislarim bilan uchrashishni intiqlik bilan kutgandim. Umid qilamanki, ertaga sog‘ligim tiklanadi va konsert bera olaman”, – deb yozgan Shakira.
Uning jamoasi muxlislar uchun yangi konsert sanasini o‘zgartirish ustida ishlamoqda.
Shakira hafta oxirida Kolumbiyaga «Las Mujeres Ya No Lloran» (Ayollar endi yig‘lamasin) jahon turnesi doirasida jo‘nab ketishdan oldin yakshanba va dushanbaga o‘tar kechasi Limadagi Milliy stadionda chiqish qilishi kerak edi.
Shakiraga konsertga qachon ruxsat berilishi hozircha noma’lum.