Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlar saratonga olib keladi

Shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlar saratonga olib keladi

AQShning Janubiy Kaliforniya universiteti shifokorlari shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotning zararli xususiyatlaridan ogohlantirishmoqda. Aytilishicha, bunday mahsulotlar xavfli kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Olimlar sichqonlarda tadqiqot olib borishgan. Yosh sichqonlarga shakar o‘rnini bosuvchi moddaning bir qancha turlari berilgan. Mahsulot kemiruvchilarda xotiraning buzilishi va miya sohasida o‘zgarishlarga olib kelgan.

Shuningdek shirinlashtiruvchining metabolizmga ham ta’siri aniqlangan. Bu qandli diabet va boshqa kasalliklarni qo‘zg‘atishi mumkin

Mutaxassislar organizmga zarar qilishi mumkin bo‘lgan bir qancha qo‘shimcha moddalarni keltirib o‘tishgan:

- Saxarin - organizm uni hazm qilmaydi. Uni muntazam iste’mol qilish saratonga chalinish xavfini oshiradi

- Aspartam- kam kaloriyali ichimliklarda ko‘p bo‘ladi. Uni choyga qo‘shish mutlaqo mumkin emas. Moddani muntazam iste’mol qilish jigar va o‘pka saratoni kasalliklarini rivojlantiradi, miyani shikastlaydi.

- Siklamit- bir qancha mamlakatlarda taqiqlangan. Buyrak yetishmovchiligiga olib keladi

- Kaliy asesulfami - kanserogen hisoblanadi. Gazli ichimliklarda ko‘p bo‘ladi.

- Ksilit - kaloriyasi ko‘p qo‘shimcha modda. Moddalar almashinuvida buzilishlarga olib keladi.

Kiritildi: 22:56 03.10.2022. O'qildi: 3955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!