Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shahram polvon shohsupada

A A A
Shahram polvon shohsupada

Turkiyada dzyudo bo‘yicha o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” turnirida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga bronza medali qo‘shildi.

Musobaqaning -73 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahram Ahadov bronza medali uchun kechgan bahsda tojikistonlik Abubakr Sherovdan ustun keldi. Mazkur natija unga nafaqat bronza medali va yana jahon va “Parij-2024”Olimpiadasi reytingi uchun 500 ochko taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, Shahram Ahadov hisobida “Katta dubulg‘a” turkumidagi musobaqalarda jamg‘arilgan medallar soni 6 taga yetdi. Aniqrog‘i, polvonimiz 1 oltin va 5 bronzaga ega chiqgan.

Kiritildi: 09:16 31.03.2024. O'qildi: 1132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!