Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bugun, 9 avgust kuni Prezident Orif Alviga Milliy assambleyani (parlament quyi palatasi) tarqatib yuborishni tasdiqlash uchun petisiya yuboradi. Bu haqda kecha, 8 avgust kuni kechqurun hukumat rahbari “Dawn News” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Ertaga Prezidentga Milliy assambleyaning tarqatilishi haqida xabar beriladi, shundan so‘ng men muxolifat yetakchisi Raja Riaz bilan bog‘lanib, birinchi uchrashuvni o‘tkazaman”, degan Sharif.
Unga ko‘r, parlament quyi palatasining muddatidan oldin tarqatilishi natijasida respublikaning amaldagi rahbariyati iste’foga chiqadi. Vazirlar mahkamasi o‘rnida muvaqqat hukumat tuziladi. Biroq muvaqqat bosh vazir nomzodi hali aniqlanmagan. Sharifning so‘zlariga ko‘ra, uning “Pokiston musulmon ligasi” partiyasi bu borada hukmron koalisiyadagi hamkorlar bilan maslahatlashuvlarni davom ettirmoqda.