Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

SH.Mirziyoyev: "O‘tgan 4 oyda sanoat 6,3 foizga o‘sdi"

SH.Mirziyoyev: "O‘tgan 4 oyda sanoat 6,3 foizga o‘sdi"


Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida bugungi tahlikali va noaniqliklarga to‘la sharoitda har bir mamlakat, avvalo, eng ko‘p ish o‘rinlari yaratadigan sohalarni himoyalash choralarini ko‘rayotganini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan tashqi bozordagi tebranishlar sharoitida 1 millionga yaqin aholi ishlayotgan to‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotimizning yana bir “drayveri” bo‘lishi kutilayotgan zargarlik sanoatiga yangi sur’at bag‘ishlash muhimligi qayd etildi.

O‘tgan 4 oyda sanoat 6,3 foizga o‘sib, 290 trillion so‘mga yetdi.

“Bu – hozirgi murakkab sharoitda o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasi. Lekin 29 ta tumanda ishlab chiqarish 4,5 trillion so‘mga kamaygan. Bu kichkina raqamlar emas”, - dedi davlatimiz rahbari.

Kiritildi: 10:54 26.05.2025. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!