Koreya Respublikasi poytaxtida noyabr oyida rekord darajadagi qor yog‘ishi qayd etildi – Seulda 16 sm dan ortiq qor yog‘di. Bu haqda chorshanba kuni Koreya meteorologiya boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi Xinhua.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, qor seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:00da boshlangan. 16,5 sm qor yog‘di, bu butun kuzatuv davridagi noyabr oyida qayd etilgan rekorddir(meteorologik kuzatuvlar 1907 yil oktyabridan beri olib borilmoqda).
Avvalgi rekord 12,4 sm 1972 yil 28 noyabrda qayd etilgan.
Payshanba ertalabgacha butun mamlakat bo‘ylab yomg‘ir yoki qor yog‘ishi kutilmoqda.
Chorshanba kuni Janubiy Koreyada qor yog‘ishi sababli kamida uch kishi halok bo‘ldi, ba’zilari jarohatlandi, 100 dan ortiq reyslar bekor qilindi.