2026 yilning yozida super to‘qnashuvga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Yana ham aniqrog‘i, 22 avgust kuni Qatarda "Real Madrid" klubidagi o‘yinlari bilan barchaning yodida qolgan ajoyib himoyachi – Serxio Ramos boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazmoqchi. O‘sha oqshom ispaniyalikka internet yulduzi va sobiq kikbokschi Endryu Teyt raqiblik qilishi mumkin.
Biroq bu bo‘yicha hali rasman ma’lum qilinmadi.