Bugun 4 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Serxio Ramos A Seriya grand klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Serxio Ramos A Seriya grand klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Markaziy himoyachi Serxio Ramos “Sevilya”ni tark etganidan keyin hamon yangi klub topa olmadi.

38 yoshli faxriyga Saudiya Arabistoni, Misr va AQSh klublari qiziqish bildirishgan, ammo hech kim bilan kelishuvga erishilmagan.

TuttoSport xabariga ko‘ra, Ramos endi Yevropada yangi variantga ega bo‘lishi mumkin - ispaniyalik futbolchi "Yuventus"ning radarida.

Turinliklar Bremerning o‘rniga futbolchi qidirmoqda. "Keksa sinyora" vakillarining fikricha, "Real"ning sobiq sardori hozirgi vaziyatda Tyago Motta jamoasini kuchaytira oladi.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!