Bugun 2 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Abduqodir Husanov «PSJ» e’tiboriga tushdi

Abduqodir Husanov «PSJ» e’tiboriga tushdi

O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Lans» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov «PSJ» klubi e’tiboriga tushgan.

Fransiyalik insayder Muhammad Tuchabe-Ter Parij klubi o‘zbekistonlik himoyachiga qiziqish bildirayotgani xabar qilgan.

«PSJ» braziliyalik himoyachi Markinyosga o‘rinbosar izlamoqda va 20 yoshli Husanov bu pozisiya uchun munosib nomzod», - deyiladi manbada.

«Foot01» sayti o‘zbekistonlik futbolchini e’tirof etgan.

«Abduqodir Husanov mavsumni yaxshi boshladi va uni tez orada Yevropaning top-klublarida ko‘rishimiz mumkin, masalan «PSJ»da. Jamoa asosiy himoyachisi Kevin Dansoning jarohat olganiga qaramay, «Lans» himoyasi barqarorlik namoyish etmoqda. Jamoa Fransiya chempionatida 6 o‘yinda atigi 2ta gol o‘tkazdi. Husanov himoyada ajoyib o‘yinlar namoyish etmoqda», - deyiladi «Foot01» sayti xabarida.

«Lans» yangi bosh murabbiyi Uill Still ham Husanovni maqtagan:

«U juda kamgap, kuchli va tezkor o‘yinchi. Bu yerga kelganimda Dansoda muammolar bor edi. Shunda Jan-Luis Leka xavotirlanishga o‘rin yo‘qligini, Kevinning o‘rnini Husanov bemalol egallashini aytdi», - deydi angliyalik murabbiy.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanovning lansliklar bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 05:30 01.10.2024. O'qildi: 2858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!