Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizasiya qilishga yuboriladi

A A A
Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizasiya qilishga yuboriladi

Toshkent shahri Sergeli tumanida yuz bergan portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizasiya qilishga yuboriladi, deya xabar berdi Xitoy kompaniyasi.

Kecha Sergeli tumanidagi bojxona ombori hududida portlash sodir bo‘lib, uning sabablari va holatlari hozirda maxsus xizmatlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Voqea sodir bo‘lgan vaqtda bojxona omboriga tutash hududda BYD rusumli avtomobillar ham bo‘lgan. Afsuski, ularning ba’zilari portlash to‘lqini va shisha parchalaridan yuzaki zarar ko‘rgan.

“Barcha shikastlangan avtomobillar utilizasiya qilishga yuboriladi, zero bu xavfsizlik va atrof-muhitni saqlash nuqtai nazaridan muhimdir. Avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha barcha majburiyatlar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda bajariladi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda portlash sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotganligi va yakuniy ekspert xulosasi yo‘qligi sababli, hodisaga elektr transport vositalarining aloqadorligi yoki boshqa faktlar haqidagi ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘ralgan.

Kompaniya shuningdek, fojiali hodisa tufayli barcha jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.

Kiritildi: 14:01 29.09.2023. O'qildi: 1830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!