Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Sergelidagi aholidan pul so‘rayotgan firibgarlar paydo bo‘lgan

Sergelidagi aholidan pul so‘rayotgan firibgarlar paydo bo‘lgan

Ma’lumki, Sergeli tumanida sodir bo‘lgan favqulodda hodisa natijasida aholining zarar ko‘rgan uy-joylarini tiklash ishlari jadal davom etmoqda.

Bu ishlarning barchasi aholi uchun BEPUL amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, murakkab vaziyatdan foydalanib, aholidan pul undirish niyatida bo‘lgan shaxslar mavjudligi aniqlandi. Ular hukumat tomonidan bepul amalga oshirilayotgan ishlar uchun yurtdoshlarimizdan pul so‘rab, ularning soddaligidan foydalanmoqda.

Hokimlik noinsof shaxslarning gaplariga ishonib, aldanib qolmaslikka chaqirmoqda.

Kiritildi: 11:04 30.09.2023. O'qildi: 2400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!