Toshkent shahar Sergeli tumanida yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar FVB Matbuot xizmati izoh berdi.
Bugun, 13 iyun kuni soat 11:49 da Toshkent shahar Sergeli tumani 6A dahasida ochiq maydonda quruq o‘t va shox-shabba yonib ketdi. Hodisa sodir bo‘lgan joyga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:43 da yetib borib, yong‘in soat 11:55 da o‘chirilgan.
Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida ochiq maydonda quruq o‘t va shox-shabba hamda 1 ta nosoz holda turgan yuk avtomobili yonib zararlangan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida FVBga ma’lumot kelib tushmagan.