Ommaviy aksiyalar joriy yilning may oyida maktablarda sodir bo‘lgan ikkita otishmadan keyin boshlandi.
Namoyishlarni qo‘llab-quvvatlash deklarasiyasini akademik jamoatchilikning 1000 dan ortiq vakillari — o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va universitet xodimlari qo‘llab-quvvatladi.
"Serbiya — hech qanday siyosiy mas’uliyat yo‘q mamlakat. Dahshatli fojialar hokimiyatning har qanday siyosiy javobgarlikdan qochishga urinishlari tufayli sodir bo‘ldi", — deyiladi deklarasiyada.
Namoyishchilar Serbiya Ichki ishlar vazirligi rahbari hamda Xavfsizlik va axborot agentligi direktorining iste’fosini talab qilmoqda.