Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Serbiyada minglab odamlar Novi-Sad vokzalidagi fojianing bir yilligida mitingga chiqdi

Serbiyada minglab odamlar Novi-Sad vokzalidagi fojianing bir yilligida mitingga chiqdi

Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ko‘plab serbiyaliklar bu falokatni “hukumatdagi korrupsiya oqibati” deb hisoblashadi. Mazkur hodisa mamlakat fuqarolarining g‘azabini keltirib chiqardi va Serbiyani 13 yildan beri boshqarib kelayotgan prezident Aleksandr Vuchich davridagi eng jiddiy siyosiy inqirozga sabab bo‘ldi.

"Bugungi norozilik namoyishlarida butun Serbiya yoyildi, mitinglarga mamlakatning o‘n minglab fuqarolari qo‘shildi", deya xabar bermoqda BBC.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 noyabr kuni Serbiyaning Novi-Sad shahrida temir yo‘l vokzali binosining kirish qismi ustidagi beton konstruksiyaning qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan edi.

Kiritildi: 22:46 01.11.2025. O'qildi: 1268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!