Buyuk Britaniya-Avstraliya konserni RioTinto kompaniyasi tomonidan Serbiyaning Gorne Nedelise hududi yaqinidagi litiy konining ishga tushirilishiga qarshi 27 mingga yaqin odam poytaxt ko‘chalariga chiqdi. Namoyishchilar Belgradning markaziy ko‘chalari bo‘ylab tinch namoyishlar o‘tkazishdi va poytaxtning asosiy vokzalida poyezdlar harakatini to‘sib qo‘yishdi.
Serbiya iyul oyida YEI bilan litiy yetkazib berish shartnomasini imzolagan edi. Yevropa Ittifoqi Xitoyga bog‘liqlikni kamaytirish uchun Serbiya litiyida foydalanmoqchi. Belgrad uchun bu loyiha davlat daromadlari, sarmoya va ish o‘rinlarini oshirishni anglatadi.