Bugun 22 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Serbiya parlamenti bosh vazir Vuchevichning iste’fosini tasdiqladi

Serbiya parlamenti bosh vazir Vuchevichning iste’fosini tasdiqladi

Serbiya parlamenti bosh vazir Vuchevichning iste’fosini tasdiqladi.

Endi muddatidan oldin saylovlarning oldini olish uchun 30 kun ichida, ya’ni 18 aprel tun yarmigacha yangi bosh vazir va hukumat tayinlanishi kerak.

Serbiya Xalq Skupshinasi (parlament) spikeri Ana Brnabichning ma’lum qilishicha, keyingi qadamlar mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchichning mas’uliyatiga kiradi. Prezident bosh vazir lavozimiga yangi nomzodni taklif etishi kerak.

Vuchevich 2025 yil yanvar oyi oxirida iste’foga chiqishini e’lon qilgan edi. Bu qaror Serbiyaning Novi-Sad shahrida hukmron Serbiya Progressiv partiyasi (SNS) bilan bog‘liq guruhning faol-talablarga hujum qilishi ortidan qabul qilindi.

Ushbu shaharda 2024 yil noyabr oyida vokzaldagi beton konstruksiyaning qulashi natijasida 15 kishi halok bo‘lgandi. Novi-Saddagi fojia sababli bir necha oydan buyon Serbiya bo‘ylab ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda.

Ba’zi kuzatuvchilarning fikriga ko‘ra, parlamentning bosh vazir iste’fosini tasdiqlash uchun yetti hafta vaqt talab qilgani prezident Vuchichning qaror qabul qilishni kechiktirishga bo‘lgan harakati sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: 17:35 20.03.2025. O'qildi: 556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!