Keng ko‘lamli korrupsiyaga qarshi norozilik namoyishlaridan so‘ng Vuchevich iste’foga chiqdi. Matbuot anjumanida u shunday dedi: «Men barchani tinchlanishga va muloqotga qaytishga chaqiraman.» Iste’fosiga sabab sifatida Novi-Saddagi talaba hujumini keltirdi, bu hujumni, taxminlarga ko‘ra, hukmron Serbiya Taraqqiyot partiyasi bilan aloqador shaxslar amalga oshirgan.
«Har safar jamiyat muloqotga, muzokaralarga qaytish uchun umid paydo bo‘lganday tuyulganda... go‘yo ko‘rinmas bir kuch yangi mojaro yaratadi va yana keskinlik kuchayadi», — dedi Vuchevich, vaziyatni biror fitna bilan bog‘lashni nazarda tutib.
U ommaviy noroziliklardan keyin iste’foga chiqqan eng yuqori lavozimli siyosatchi bo‘ldi. Hukumatga qarshi namoyishlar poytaxt Belgrad ko‘chalarida noyabr oyidan buyon har kuni bo‘lib o‘tmoqda. Ularni Novi-Saddagi vokzal binosining peshtoqi qulab tushishi sabab bo‘ldi, bu halokatda 15 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi. Minglab namoyishchilar, jumladan talabalar, o‘qituvchilar va ishchilar bu fojiani populist prezident Aleksandar Vuchech hukumati korrupsiyasining natijasi deb bilmoqda. Shuningdek, prezident demokratik erkinliklarni cheklashda ham ayblanmoqda.
Vuchevichning iste’fosi, ehtimol, muddatdan oldingi parlament saylovlarini o‘tkazishga olib keladi.