Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Senatorlar Toshkent hokimiga so‘rov yubordi: eski «Toshturma» o‘rnida qachon xiyobon quriladi?

Senatorlar Toshkent hokimiga so‘rov yubordi: eski «Toshturma» o‘rnida qachon xiyobon quriladi?

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Toshkent shahar hokimiga Yunusobodda qurilishi kerak bo‘lgan xiyobon nima uchun hali boshlanmagani bo‘yicha rasmiy so‘rov yubordi.

So‘rovda ta’kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 martdagi farmoyishiga asosan Yunusoboddagi sobiq 1-sonli tergov hibsxonasi hududi Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga o‘tkazilgan. Bu yerda zamonaviy xiyobon qurilishi belgilangan, ammo topshiriq hali ijro etilmagan.

"Hozirda ushbu yer maydonlari qarovsiz holatda qolayotgani, ayrim qurilish kompaniyalari tomonidan esa hududdan xususiy manfaatlarda foydalanishga bo‘lgan urinishlar kuzatilayotgani fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda", -deyilgan senatorlik so‘rovida.

So‘rovda Toshkent shahar hokimidan mazkur hududning hozirgi holati, vazifalar bajarilishi kechikkani sabablari hamda tegishli yer maydonini obodonlashtirish va zamonaviy xiyobon barpo etish bo‘yicha ko‘rilgan amaliy choralar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berishni so‘ralgan.

Kiritildi: 22:50 06.10.2025. O'qildi: 1134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!