Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Senat yana bir muhim qonunni ma’qulladi

Senat yana bir muhim qonunni ma’qulladi

Senatning ellik to‘rtinchi yalpi majlisida “Huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi”gi Qonun muhokama qilindi.

Mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, huquq-tartibotni ta’minlashda ijobiy natijalarga hamda kriminogen vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashga erishilmoqda.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida aniq manzilga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar belgilanishi, ushbu masalaga kompleks yondashgan holda huquqbuzarliklarning tizimli ravishda sodir etilishiga doir sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlarning yo‘lga qo‘yilishi muhim hisoblanadi.

Ta’kidlanganidek, Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni ma’muriy huquqbuzarlik toifasiga o‘tkazishni, yarashuv institutiga kiruvchi ma’muriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Senatorlar mazkur Qonun aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlashga, mamlakatimizda kriminogen vaziyatning yaxshilanishiga hamda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha yarashuv institutining ta’sir etish doirasini kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Kiritildi: 14:49 10.07.2024. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!