Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Sayyohlik yarmarkasida “O‘zbekistonning rasmiy yo‘l ko‘rsatkichi” taqdim etiladi

Sayyohlik yarmarkasida “O‘zbekistonning rasmiy yo‘l ko‘rsatkichi” taqdim etiladi

13-15 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da “Ipak yo‘lida turizm” 25-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur turistik yarmarka 1995 yildan beri BMT umumjahon sayyohlik tashkiloti rasmiy ko‘magi bilan o‘tkazilmoqda.

25 - Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi ishtirokchilarini qiziqarli tadbirlar kutmoqda: sharqona bozor, “Ipak yo‘lining ta’mi” milliy taomlar festivali, O‘zbekiston turistik brendi elchilarining xalqaro forumi, Shahrisabz milliy liboslar xalqaro festivalining taqdimi, hunarmandlardan mahorat darslari va ular yasagan buyumlar ko‘rgazmasi, O‘zbekiston va Rossiyaning birinchi turistik forumi va hokazo.

Shuningdek, turoperatorlar uchun “Turizm sohasidagi innovasiyalar”, “Turizm sohasida tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim etilgan yengillik va imtiyozlar” hamda “O‘zbekistonning rasmiy yo‘l ko‘rsatkichi” mobil ilovasining taqdimoti o‘tkaziladi.

Kiritildi: 06:51 09.11.2019. O'qildi: 1417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!