Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Saxalinda maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

A A A
Saxalinda maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

Bugun, 3 fevral kuni ertalab Rossiyaning Saxalin viloyati janubidagi Xolmskiy tumanida maktab avtobusi avtohalokatga uchradi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, Saxalinda maktab avtobusi bilan sodir bo‘lgan YTHda yetti kishi jabrlangan.

Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun ertalab Bambuchki qishlog‘i yaqinida boshqa transport vositasi avtobusga borib urilgan”, — deyiladi xabarda.

Rasmiylarga ko‘ra, avtobus Xolmskiy tumani Chaplanovo qishlog‘idan ketayotgan bo‘lgan. To‘qnashuv vaqtida uning ichida 11 nafar bola bo‘lgan.

Maktab o‘quvchilari shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan, jabrlanganlar yo‘q, batafsilroq ma’lumot hozircha keltirilmagan.

Kiritildi: 09:15 03.02.2023. O'qildi: 1163 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!