Baalbek gubernatori Bashir Xoderning aytishicha, aholini evakuasiya qilish jarayoni boshlangan va odamlar orasida vahima bor.
U Sky News Arabic telekanaliga bergan intervyusida, ko‘pchilik bir necha hafta oldin chiqib ketganini va ayrimlar esa xavfsiz deb bilgan hududlardagi uylarda qolganini qo‘shimcha qilgan.
Vaziyat SAXAL tomonidan xarita va evakuasiya haqida ogohlantiruv e’lon qilingach va hukumat barcha aholining xavfsizligini ta’minlash uchun chiqib ketishini tartibga solganidan so‘ng o‘zgargan.