Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Save The Children Londonni BMT Xavfsizlik Kengashida G‘azo bo‘yicha ovoz berishda «betaraf qolgan» uchun qoraladi

A A A
Save The Children Londonni BMT Xavfsizlik Kengashida G‘azo bo‘yicha ovoz berishda «betaraf qolgan» uchun qoraladi

Save the Children xalqaro nohukumat tashkiloti BMT Xavfsizlik kengashida G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyusiyaga ovoz berish chog‘ida Buyuk Britaniyaning pozisiyasini qoraladi.

«(Buyuk Britaniya Bosh vaziri) Rishi Sunak va uning hukumati yana bir bor G‘azodagi bolalardan yuz o‘girishni tanladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashida o‘t ochishni to‘xtatish uchun ovoz bermaslik bilan Buyuk Britaniya shu tariqa bolalar yaqin soatlar, kunlar va haftalarda boshdan kechiradigan barcha dahshatlarga sherik bo‘ladi», — deyiladi tashkilot X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida.

Save the Children rezolyusiya loyihasi «G‘azo sektoridagi zo‘ravonliklarni to‘xtatish uchun qo‘ldan boy berilgan imkoniyat» ekanligini ta’kidladi.

Tashkilot zudlik bilan yig‘ilish va uzoq muddatli otashkesimni ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga chaqirdi.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar blokadadagi G‘azo sektorida zudlik bilan gumanitar o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyasi loyihasiga veto qo‘ygan edi.

Xavfsizlik kengashining 13 a’zosi rezolyusiya uchun ovoz berdi, Buyuk Britaniya esa betaraf qoldi.

6 dekabr kuni BMT Bosh kotibi Guterrish o‘z faoliyati davomida birinchi marta o‘z vakolatlaridan foydalangan va BMT Nizomining 99-moddasiga asoslanib, BMT Xavfsizlik Kengashiga tegishli maktub yo‘llagan.

Kiritildi: 15:49 09.12.2023. O'qildi: 1514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!