Si Jinpin bu haqda juma kuni Pekinda Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.
"So‘nggi 70 yil davomida Xitoy har doim o‘z kuchiga, mashaqqatli kurash va mehnatsevarlikka tayangan. Pekin hech qachon birovning iltifotiga suyanmagan va asossiz bosimlardan cho‘chimagan", — deya ta’kidladi XXR rahbari.
Si Jinpin Xitoy va Yevropa Ittifoqi turli tahdidlarga birgalikda qarshi turishi kerakligini, bu faqat o‘z manfaatlarini emas, balki xalqaro tartibni ham himoya qilish uchun zarurligini qayd etdi.