Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Saudiyaning Erondagi elchixonasi qayta ochildi

A A A
Saudiyaning Erondagi elchixonasi qayta ochildi

Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasi yopilganidan 7 yil o‘tib, yana o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda IRNA agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

“TIV vakili chorshanba kuni Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasi 6 avgust, yakshanba kuni rasman ochilganini aytdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, iyun oyida Eronning Ar-Riyozdagi elchixonasi ochilgan edi.

Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar 2016 yilda shia dinshunosi Nimr an-Nimr Ar-Riyozda qatl etilganidan so‘ng yomonlashgan. Buning ortidan namoyishchilar Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga bostirib kirishdi. Bunga javoban Ar-Riyoz Eron bilan diplomatik aloqalarni uzgan edi.

Shu yilning mart oyida Xitoy vositachiligida Eron va Saudiya Arabistoni diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib oldi.

Kiritildi: 22:35 09.08.2023. O'qildi: 1420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!