Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Saudiyalik dasturchi ayollar g‘olib bo‘lishdi

A A A
Saudiyalik dasturchi ayollar g‘olib bo‘lishdi

Saudiyalik dasturchi ayollar guruhi “Hajj Hackathon” musobaqasida g‘olib bo‘lishdi. Bu haqda IlmFeed kanali o‘zining Tvitterdagi sahifasida ma’lum qilmoqda. Ushbu musobaqada 50 mamlakatdan tashrif buyurgan 1000 nafar ishtirokchi Saudiya Arabistoniga kelgan hojilarning safarini yanada osonlashtirishning texnik ishlanmalari bilan ishtirok etdi.

Musobaqada g‘olib bo‘lgan saudiyalik ayollar guruhi “Torjaman” tarjima dasturini ishlab chiqqan. Ularga 1 million Saudiya reali (taxminan 266 ming dollar yoki 2,1 milliard so‘m) miqdorida mukofot puli berilgan.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 23:25 04.08.2018. O'qildi: 1400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik