Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Saudiya valiahd shahzodasi qattiq qo‘riqlanadigan saroylardan chiqolmayaptimi?

Saudiya valiahd shahzodasi qattiq qo‘riqlanadigan saroylardan chiqolmayaptimi?

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saud suiqasd xavfi sabab bunkerlar va himoyalangan, qattiq qo‘riqlanadigan saroylar orasida harakatlanmoqda.

Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi xabar berdi.

​Yamandagi husiy isyonchilari tomonidan qirollikka raketa zarbalari ortidan xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Nashrning xabar berishicha, raketalardan biri shanba kuni Ar-Riyod xalqaro aeroportiga urilgan.

​WSJ ta’kidlaganidek, kuchaytirilgan zarbalar Saudiya poytaxtining ayrim hududlarini urush zonasiga aylantirdi. Aholi portlashlardan boshpana olishga majbur bo‘lmoqda, moliyaviy tuman xodimlari, ba’zi xalqaro maktablar talabalari va diplomatlarga evakuasiya qilish yoki boshpanalarda qolish buyurilgan.

Valiahd shahzoda oxirgi marta 6 oktyabr kuni milliy qon to‘plash aksiyasida ishtirok etganida omma oldida paydo bo‘lgan.

​Saudiya Arabistoni rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, keyingi hujumlarni qaytarish uchun to‘xtatuvchi raketalar zaxirasi kamayib bormoqda. Rasmiylar qirollik saroylari va energetika infratuzilmasini himoya qilish uchun havo mudofaasi tizimlarini qayta joylashtirishga majbur. Shu bilan birga, husiylar Ar-Riyoddagi neft inshootlari va Qirol Xolid xalqaro aeroportiga bir necha bor hujum qilishgan.

​Gazeta manbalariga ko‘ra, mojaro avj olayotgan bir paytda, Saudiya Arabistoni Pokistondan yordam so‘ragan va butun dunyo bo‘ylab qo‘shimcha havo mudofaasi tizimlarini qidirmoqda. Qirollik shuningdek, husiylar bilan qarama-qarshilikka diplomatik yechim topishni ham ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 16:36 12.10.2026. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!