Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Saudiya Arabistonida shifokorsiz klinika ochildi! Barcha tashxislarni AI qo‘yadi

Saudiya Arabistonida shifokorsiz klinika ochildi! Barcha tashxislarni AI qo‘yadi

Saudiya Arabistonida dunyodagi birinchi shifokorlarsiz klinika ochildi. U yerdagi barcha shifokorlar suniy intellekt bilan almashtirildi.

Bemorlar faqat planshetda «Doktor Hua» ga kelib, o‘zlarining kasallik simptomlarini tasvirlashlari kerak. Chatbot bir nechta savol beradi va qanday davolanish kerakligini yozib beradi. Shuningdek, u yerda rentgen yoki EKG qilishlari va birinchi yordam ko‘rsatishlari ham mumkin, lekin bu odamlar tomonidan amalga oshiriladi.

Doktor Hua ishining aniqligi 99,97% ni tashkil qiladi. Hozircha unga shamollash, tomoq og‘rig‘i va astma kabi oddiyroq 30 ta kasalliklar bilan ishlashga ruxsat berilgan.

Kiritildi: 10:33 17.05.2025. O'qildi: 861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!