Saudiya Arabistoni rasmiylari 1 iyul kuni mamlakat sharqida 7 ta yirik neft va gaz konlari topilganini e’lon qilgan. Bu haqda mamlakat energetika vazirligi bayonotiga asoslanib, Al Arabiya nashri xabar berdi.
Yangi konlar Sharqiy viloyat yoki Bo‘sh kvartal deb atalgan hududda aniqlangan. Ushbu kimsasiz hudud Yaman, Ummon hamda Birlashgan Arab Amirliklari bilan chegarada joylashgan.
Saudiya Arabistoni energetika vaziri, shahzoda Abdulaziz bin Salmon Saudiy zaxiralar mamlakatning eng yirik neft magnati — Aramco tomonidan topilganini aytgan. Topilgan manbalarning ikkitasi noan’anaviy neft konlari, bitta yengil arab neft depoti, ikkita tabiiy gaz koni va ikkita tabiiy gaz rezervuaridan iborat ekani e’lon qilingan.
Aramco tez fursatda konlarni ishga tushirish uchun moliyalash dasturi ishlab chiqishi xabar berilgan. Konlarning sig‘imi va zaxirasini aniqlash uchun Bo‘sh kvartalga tadqiqotchilar guruhi jo‘natilgan.