Saudiya Arabistonida ilk ayol-notariuslar faoliyat yurita boshladi. Bu haqda qirollik adliya vazirligiga iqtisob keltirgan holda “Axbor24” yangiliklar portali ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, adliya vazirligi 9 iyulda 12 ayolga notarius bo‘lib ishlash uchun lisenziya bergan. Ta’kidlanishicha, qirollikda bunday lisenziyaga 1,3 ming kishi ega.
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon tomonidan uning o‘g‘li Muhammad bin Salmon valiahd shahzoda etib tayinlangandan keyin dunyodagi eng konservativ davlatda ayollarning huquqlari va erkinliklari bilan bog‘liq islohotlar boshlandi. Ushbu islohotlarga ko‘ra, qirollik ayollari tarixda birinchi marta avtomobil haydash, ommaviy sport tadbirlariga tashrif buyurish, armiya va polisiyada xizmat qilish huquqini qo‘lga kiritishdi.
Manba: 7news.uz