Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Saudiya Arabistoni Yaman husiylarining hujumlaridan himoyalanish uchun Pokistondan yordam so‘radi

Saudiya Arabistoni Yaman husiylarining hujumlaridan himoyalanish uchun Pokistondan yordam so‘radi

Saudiya Arabistonida Yaman husiylarining navbatdagi hujumlarini qaytarish uchun havo hujumidan mudofaa raketalari zaxirasi tugab bormoqda. Mamlakat hukumati havo mudofaa tizimlarini qirollik saroylari va energetika obektlari o‘rtasida qayta taqsimlamoqda. Bu haqda The Wall Street Journal vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berdi.

"Ar-Riyod harbiy ittifoqchisi Pokistondan bu masalada yordam so‘ragan va boshqa davlatlardan ham havo mudofaasi uchun zarur vositalarni sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Shuningdek, Saudiya Arabistoni Yamandagi ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun xorijlik harbiylarni jalb qilish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda", deb yozmoqda nashr.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Qo‘shma Shtatlardan harbiy yordam olishga urinmoqda. U hatto buning evaziga AQSh iqtisodiyotiga qariyb 1 trillion dollar investisiya kiritishni va’da qilgan. Biroq Tramp ma’muriyati hozircha husiylar hujumlariga qarshi kurashda harbiy yordam ko‘rsatish haqidagi so‘rovlarni qondirmayapti va faqat harbiy maslahatchilar yuborish bilan cheklanmoqda.

"Saudiya Arabistonining har qanday harbiy javobi mamlakatni husiylar bilan yanada chuqurroq mojaroga tortishi mumkin. Husiylar esa nisbatan cheklangan imkoniyatlar bilan ham katta zarar yetkaza olishini namoyish etgan. Shu sababli Saudiya Arabistoni mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga tobora ko‘proq intilmoqda. Ayni paytda qirollik Eron bilan muloqotni ham davom ettirmoqda", — dedi Fors ko‘rfazi bo‘yicha ekspert Kristian Kous Ulrixsen.

Kiritildi: 20:37 12.10.2026. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!