Bugun 17 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Saudiya Arabistoni xusiylarga qarshi Britaniyadan harbiy yordam so‘radi

Saudiya Arabistoni xusiylarga qarshi Britaniyadan harbiy yordam so‘radi

Saudiya Arabistoni xusiylarga qarshi Britaniyadan harbiy yordam so‘radi — Bloomberg.

Saudiya Arabistoni xusiylarning Bab-el-Mandeb bo‘g‘ozi tomon ilgarilashi fonida Britaniyadan harbiy yordam so‘ragan. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Er-Riyod o‘z qurolli kuchlariga tezkor yordam ko‘rsatish, shuningdek, neft infratuzilmasini himoya qilishda ko‘mak so‘ragan.

Bloomberg manbalari ta’kidlashicha, Britaniya bosh vaziri Endi Bernem Saudiya Arabistoniga britaniyalik harbiy maslahatchilarni yuborishga rozi bo‘lgan.

Biroq Britaniya hukumati hozircha ko‘rsatiladigan yordamning aniq chora-tadbirlari haqida rasman ma’lumot bermagan.

Britaniya rasmiylari xusiylar Bab-el-Mandeb bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘rnatishi xalqaro dengiz qatnovi va jahon iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

Avvalroq Saudiya Arabistoni AQShdan ham harbiy yordam so‘ragan edi. Axios ma’lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp xusiylarga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbalar berish haqidagi chaqiriqlarni rad etgan.

Kiritildi: 09:38 16.09.2026. O'qildi: 709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!