Saudiya Arabistoni rasmiylari Ukraina mojarosini hal qilish uchun vositachilik harakatlarini davom ettirishga tayyor.
Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud bayonot berdi.
BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi chog‘ida u Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirish kerakligini ta’kidladi.
“Biz Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha vositachilik sa’y-harakatlarini davom ettirishga tayyormiz”, — deya vazirning so‘zlarini keltiradi TASS.