Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Saudiya Arabistoni uch yillik blokadadan so‘ng Qatar bilan chegarani ochdi

A A A
Saudiya Arabistoni uch yillik blokadadan so‘ng Qatar bilan chegarani ochdi

Saudiya Arabistoni Qatar bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha kelishuv imzolaydi. Unga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi 2017 yilda yopilgan chegaralar, shu jumladan, havo va dengiz chegaralari ochiladi.

Ma’lumot uchun, 2017 yil yozida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr davlatlari Qatarni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda va ularning ichki siyosatiga aralashishda ayblab, bu mamlakat bilan diplomatik aloqalarni uzishgan edi. Shu bilan birga iqtisodiy sanksiyalar va transportlar blokadasi e’lon qilingan edi. O‘shanda ushbu davlatlar Qatar aviasiyasi uchun havo yo‘llarini yopgan.

Xabar berilishicha, hozircha BAA, Bahrayn va Misr bu bo‘yicha bir qarorga kelishmagan. Biroq AQSh hukumati ular ham Qatar bilan kelishuvga erishishiga va blokadalarni olib tashlashlariga umid qilmoqda.
 

Kiritildi: 18:18 05.01.2021. O'qildi: 1496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!