Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan hamkorlik kengaytirilmoqda

Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan hamkorlik kengaytirilmoqda

2022 yil 13-16 may kunlari Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati hamda mamlakatimizning yirik to‘qimachilik kompaniyalari vakillari boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi arab korxonalari rahbariyati bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Jumladan, “Al Madinah Al Munawarah Carpet and Ihram Factory Co” ishlab chiqarish korxonasining tijorat direktori janob Chaudri Muhammad Aslam bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ip-kalava, tayyor gazlama, mo‘ynali mahsulotlar va ehrom yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

600 nafar xodimga ega va Saudiya Arabistoni Qirolligidagi mehmonxonalar uchun ehrom va Haj missiyalari uchun uy tekstili yetkazib beruvchi korxona o‘tgan yili 50 million dollar daromad keltirgan. Tayyor mahsulotlar importi hajmi 20 mln dollarni tashkil etadi.

Korxona, shuningdek, Saudiya Arabistoni Podshohligi harbiy boshqarmalari uchun mato va kiyim-kechaklarni yetkazib beradi.
Janob Aslam muzokaralar olib borish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida yaqin kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyurish niyatida ekani, mahalliy korxonalar faoliyati va mahsulotlari bilan yaqindan tanishish uchun katta qiziqish bildirdi.

Shuningdek, delegasiya safari chog‘ida Namangan tadbirkorlari tomonidan to‘qimachilik mahsulotlari, xususan, maishiy to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 1 million dollarlik shartnoma imzolandi.
Muzokaralar chog‘ida ayni paytda juda muhim masala - yetkazib berish uchun logistika transport yo‘laklarini rivojlantirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Kiritildi: 21:24 17.05.2022. O'qildi: 1642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!