Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Saudiya Arabistoni podshohi shifoxonadan sog‘ayib chiqdi

Saudiya Arabistoni podshohi shifoxonadan sog‘ayib chiqdi

Saudiya Arabistoni podshohi, 84 yoshli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud o‘t pufagida jarrohlik operasiyasini o‘tkazgach, Ar-Riyoddagi shifoxonadan sog‘ayib chiqdi. Bu haqda podshohlik tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.   

Podshoh 20 iyulda o‘t pufagi yallig‘lanishi bilan shifoxonaga yotqizilgandi. 

“Saudiya Arabistoni podshohi o‘t pufagini olib tashlash bo‘yicha muvaffaqiyatli laparoskopik operasiyadan keyin sog‘aygach shifoxonani tark etmoqda”, deyilgan vazirlik xabarida.

Avvalroq podshohning betobligi sababli Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy Ar-Riyodga safarini bekor qilishiga to‘g‘ri kelgandi. Saudiya Arabistoniga safar al-Kozimiyning Iroq bosh vaziri sifatida ilk xorijiy safari bo‘lish kerak edi. Ar-Riyoddagi muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqadagi dolzarb muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgandi.  

Kiritildi: 11:20 31.07.2020. O'qildi: 3354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!