Ar-Riyod neft narxining bir barreli uchun norasmiy belgilangan 100 dollarga qaytishini kutishdan charchagan. U endi bozordagi ulushini yo‘qotmoqchi emas.
Rossiya uchun bu 2025 yilda budjetdan qoplanayotgan urush xarajatlarini yana 22 foizga oshirishni rejalashtirayotganida daromadning pasayishi demakdir.
«OPEK+»ning eng yirik neft qazib chiqaruvshisi bo‘lgan Saudiya Arabistoni, hatto bu reja uzoq muddatga narxlarni pasayishiga olib kelsa ham, 1 dekabrdan ishlab chiqarishni oshirish niyatida, deb yozadi Financial Times.